KARTOSHKA YIG‘ISH MASHINASI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mazkur maqola kartoshka yig‘im-terimini mexanizatsiyalash
samaradorligini oshirish muammosini hal etishga qaratilgan bo‘lib, unda kartoshka
yig‘ish kombaynining ko‘taruvchi-ajratuvchi ishchi organini takomillashtirishning
ilmiy-nazariy asoslari o‘rganilgan. Tadqiqotning predmeti va mavzusi markazdan
qochma, ko‘tarma-elovchi chiviqli elevator (MQKEChE)ning texnologik va
konstruktiv parametrlarini ishlab chiqish va ularni ilmiy-nazariy jihatdan
asoslashdan iborat. Ishning dolzarbligi shundaki, an’anaviy kombaynlarda
tuproqni ajratish jarayoni past samaradorlikka ega bo‘lib, bu hosilning ifloslanishi
va mexanik shikastlanishiga olib keladi. Tadqiqotda matematik modellashtirish,
analitik tahlil va statistik usullar qo‘llanib, ular asosida ishchi organning optimal
parametrlariga erishildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, MQKEChEning
periferik tezligi 2,5–3,0 m/s va egri qismining radiusi 0,3-0,6 m bo‘lganda, tuproqni
ajratish to‘liqligi 99,4 %gacha yetadi, tugunaklarning shikastlanishi esa 3,4
%dan oshmaydi. Ishning natijalari amaliyotda qo‘llash uchun takomillashtirilgan
kartoshka qazgich-yuklagich KP-2 modelida sinovdan o‘tkazildi. Bu ishlanma
yengil va ixchamligi bilan ajralib turadi. Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqilgan
texnologiya mehnat sarfini 3 barobar, keltirilgan xarajatlarni 4,5 barobar
kamaytiradi, bu esa uning yuqori iqtisodiy samaradorligidan dalolat beradi va shu
kabi tuproq-iqlim sharoitlariga ega hududlarda keng qo‘llanishi uchun asos bo‘ladi.

How to Cite

Saloxiddinov Nurmuxammad Sotimboyevich. (2025). KARTOSHKA YIG‘ISH MASHINASI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(5), 110–117. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/640
Ko'rishlar soni: 5

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari