GEOLOGIK-GEOFIZIK MALUMOTLAR MAJMUASI ASOSIDA O‘ZBEKISTON YER QOBIG‘INI TURLARGA AJRATISH
Abstrakt
Maqolaning maqsadi Yer qobig‘ining zamonaviy tuzilishi va holatini tavsiflovchi geologik-geofizik ma'lumotlar asosida O‘zbekiston yer qobig‘ini turlarga ajratish va uning tektonik asosini yaratishdir. Bu esa Yer qobig‘ining turli xil endogen jarayonlari va geodinamikasini keng ko‘lamda o‘rganishga imkon beradi. Agar Yer qobig‘ining belgilangan turi turli xildagi endogen rejimni ko‘rsatib berishi bo‘yicha tanlab olinsa, bunday ko‘rinishda nafaqat Yer qobig‘ining zamonaviy tuzilishi, balki uning rivojlanish qonuniyatlari ham namoyon bo‘ladi. Yer qobig‘ini turlarga ajratish uslubiyati klaster tahliliga asoslangan bo‘lib, bu katta miqdordagi ma'lumotlar majmuasini bir vaqtning o‘zida hamda har tomonlama tahlil qilish imkonini beradi. Maqola Yer qobig‘ini turlarga ajratishda dastlabki geologik-geofizik ma'lumotlar majmuasini tanlab olishga bag‘ishlangan. Dastlabki ma'lumotlarning korrelyatsion va statistik tahlili o‘tkazilgan, klaster tahlil asosida tasniflash masalasi yechilgan. Turlarga ajratish natijasi muhokama qilingan.