MIRISHKOR MАGISTRАL KАNАLI TIZIMIDАGI SАRFNI OʼLCHАSHNING ZАMONАVIY TEXNOLOGIYALАRIDАN FOYDАLАNISH SАMАRАDORLIGI
Abstrakt
Maqolada bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri boʼlgan suv xoʼjaligi tizimlarida suv sarfini oʼlchash masalasi koʼrib chiqilgan. Tadqiqot obʼekti sifatida Mirishkor magistral kanalidan suv oluvchi UR-6 А sugʼorish kanali tanlangan. UR-6 А sugʼorish kanalining PK-1+00-piketida Mirishkor irrigatsiya tizimi boshqarmasi gidrometr xodimlari bilan birgalikda “GR-21m1” markali vertushka hamda “SonTek” S5 markali dopler yordamida dala tadqiqotlari olib borilgan. Oʼlchov ishlarida ikkita oʼlchov vositalarining aniqlik darajasi, oʼlchov joyida foydalanish qulayligi va iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Oʼlchov natijalariga koʼra, gidrometrik vertushka orqali aniqlangan oʼrtacha suv sarfi Q=2,39 m3/s, dopler yordamida oʼlchangan oʼrtacha suv sarfi Q=2,261 m3/s ni tashkil etdi.