TARKIBIDA KUMUSH NANOZARRALARI MAVJUD NATRIYKARBOKSIMETILTSELLYULOZA ASOSIDA BAKTERITSID IMPLANTPLYONKA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Abstrakt
Tadqiqotda almashinish darajasi 0,65-0,85 va polimerlanish darajasi 200-600 bo‘lgan natriy-karboksimetiltsellyuloza (Na-KMTS) eritmasida barqaror kumush nanozarralari sintez qilindi. Tarkibida kumush nanozarralari mavjud Na-KMTS eritmasidan olingan plyonkalarning fizik-kimyoviy, mexanik xossalari, tuzilishi va bakteritsid faolligi o‘rganildi. Na-KMTS strukturasida shakllangan kumush nanozarralarining o‘lchami, shakli, miqdori atom kuchlanishli mikroskopiya va UB-spektroskopiya usullari orqali aniqlandi. Na-KMTS eritmalarida va u asosida olingan implant plyonkalarda kumush nitrat tuzi kontsentratsiyasi ortishi bilan fotoqaytarilish natijasida shakllanayotgan kumush nanozarralarining o‘lcham va shakllari o‘zgarishi aniqlandi. Kumush nanozarralarining o‘lchami, shakli, miqdori ularning biologik faolligini aniqlashi ko‘rsatib berildi. O‘lchamlari 5-25 nm bo‘lgan kumush nanozarralari miqdorining ortishi Na-KMTS plyonkasining bakteritsid faolligi oshishiga olib kelishi aniqlandi. Kuygan va chuqur yaralarni davolashga mo‘ljallangan bakteritsid va bakteriositatik xossali, oldindan rejalashtirgan o‘lchamdagi kumush nanozarralari mavjud Na-KMTS asosidagi bioparchalanuvchan plyonkalar olishning printsipial texnologik sxemasi va ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi.