PEBRINA BILAN ZARARLANISH DARAJASI KAM BO‘LGAN TUT IPAK QURTI URUG‘LARIGA FARMATSEVTIK PREPARATLAR KOMBINATSIYALARI TASIRINI O‘RGANISH
Abstrakt
Tut ipak qurtining eng xavfli kasalliklaridan biri pebrina hisoblanadi. Uning xavfliligi kasallik qo‘zg‘atuvchisining transovarial yo‘l bilan zararlanishida. Kasallik qurtning hamma o‘sish davrida yuqadi va keyingi avlodga urug‘ orqali o‘tadi. Bu tadqiqotning maqsadi zararlanish darajasi kam bo‘lgan tut ipak qurtining urug‘iga farmatsevtik preparatlar kombinatsiyalari ta'sirini o‘rganish. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, tajriba variantlarida zararlanish ko‘rsatkichi 8,0-14,7%ni tashkil qildi. Tut ipak qurtining urug‘iga oddiy suv bilan ishlov berilgan variantida (nazorat varianti) zararlanish darajasi 27,6%ni tashkil etdi. Eng yaxshi ko‘rsatkich Metronidazol 500 ml + Siproflaksatsin 500 mg da zararlanish – 8,0% va Metronidazol 500 mg + anolitda zararlanish 9,5%ni tashkil etdi. Bu kombinatsiyadagi preparatlarni qo‘llash natijasida nozematoz kasalligini keltirib chiqaruvchiga ta'siri kuchliroq bo‘lgani va pebrina bilan kasallanish ancha kamaygani aniqlandi.