VAGON G‘ILDIRAGINI KAVSHARLASH TEXNOLOGIYASI HAQIDA
Abstrakt
Maqola vagon g‘ildiragining to‘liq yeyilgan yuzasiga kavsharlangan metall sifatini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan. Eksperimental ravishda, ko‘p elektrodli sirt jarayonining o‘ziga xos energiyasining kuchlanish va tok kuchi bilan aniqlangan, asosiy metallga 200 °С gacha qizdirilishi uchun zarur bo‘lgan issiqlik kiritilishini ta'minlaydigan qiymatlari aniqlandi. G‘ildiragining to‘liq yuzasi va grebeniga keng valiklarni kavsharlash texnologik ketma-ketligi keltirilgan. Valiklarni kavsharlashning qabul qilingan sxemasi yuzaning issiqlik deformatsiyalari davrlari uchun qulay sharoit yaratadi. Valik hosil bo‘lishining sifatiga ta'sir elektrodlarning sirt yuzasiga nisbatan joylashishi bilan ko‘rsatiladi. G‘ildiragining silindrsimon yuzasiga yotg‘izilgan valikning kerakli qalinligi va kengligiga qarab elektrodlarning diametri va soni, shunindek, ularning zenitdan siljish miqdori tanlangan. Defektlar paydo bo‘lishining sabablari va ularni yo‘q qilish usullari aniqlangan. Vagon g‘ildiragini oldindan qizdirmasdan optimal rejimda yeyilgan yuzasida defektsiz va mo‘rt bo‘lmagan tarkibli metall olish mumkinligi ko‘rsatilgan.