AVTOMOBILLAR TORMOZ USTQUYMALARI YEYILISHI NATIJASIDA ATROF-MUHITGA CHIQADIGAN ZARRALAR MIQDORINI ANIQLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada avtomobil tor-mozlanishi jarayonida tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralar miqdorini gʻildirakning yoʻl bilan ilashish koeffi tsiyentini hisobga olgan holda aniqlash usullari keltirilgan. Avtomobillar tormoz ustquymalarining resurs davri gʻildirakning yoʻl bilan ilashish koeffi tsiyentiga bogʻliq oʻzgarishi inobat-ga olinib, ularning atmosferaga chiqaradigan zarralari miqdori nazariy jihatdan hisoblangan. Shuningdek, avtomobillar tormozlanish jarayonida tormoz ustquy-malari yeyilishidan hosil boʻladigan zarralar tarkibida metallar konsentratsiyasi tarqalishi tahlili keng yori-tilgan. Shaharlarda zarralarning muhim hissasi yoʻl harakati bilan bogʻliq manbalar hisoblanadi. Avtomobil tormozlanishi jarayonida olingan namunalar tarkibida temir, mis, rux, xrom, qalay va surma kabi metall ele-mentlar yuqori miqdorda mavjud ekanligi aniqlangan.
Hozirgi kunda avtomobillar tormozlanish jarayonida hosil boʻladigan zarralarning ekologiyaga salbiy ta’si-ri toʻgʻrisida ma’lumotlar berilgan. Maqolada tormoz ustquymalarining yoʻl ilashish koeffi tsiyentiga bogʻliq holatda yeyilish jadalligi nazariy va eksperiment nati-jalarining solishtirma tahlili keltirilgan. Avtomobil tor-moz ustquymalarining yoʻlning ilashish koeffi tsiyentiga bogʻliq holatda oʻrtacha yeyilish jadalligi nazariy hisob natijalarining eksperiment natijalari bilan solishtirma tahliliga koʻra, yeyilish jadalligi ilashish koeffi tsiyentiga bogʻliq holatda oʻzgarishi aniqlangan

How to Cite

Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich, & Karimova Kamola Gʻulomovna. (2023). AVTOMOBILLAR TORMOZ USTQUYMALARI YEYILISHI NATIJASIDA ATROF-MUHITGA CHIQADIGAN ZARRALAR MIQDORINI ANIQLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 6(6), 101–114. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/469
Ko'rishlar soni: 27