BOLALAR ORTOPEDIK MOSLASHUVCHAN KIYIMI UCHUN QOʻLLANADIGAN MATERIALLARNING XUSUSIYATLARI TADQIQINI EKSPERT BAHOLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada bolalar ortopedik moslashuvchan kiyimi sifati va ishonchliligini ta’minlash maqsadida tavsiya etiladigan materiallarning xususiyatlari tadqiqi ekspert baholandi. Tadqiqotda materiallar xususiyatlarining ahamiyatlilik ko‘rsatkichlarini ekspert baholash usulidan foydalanildi. Ushbu usul mutaxassislar fikrini umumlashtirib, asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlab berishi bilan boshqa usullardan farq qiladi. Ekspertlar sifatida tikuv buyumlari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish yo‘nalishi mutaxassislari respondent o‘rnida ishtirok etdi. Tadqiqot obyekti uchun bolalar kiyimlarini tayyorlashda eng ko‘p foydalaniladigan xomashyo, ya’ni mahalliy ishlab chiqarishdagi paxta tolali trikotaj gazlamalari tanlandi. Tikuv buyumlari ishlab chiqarishdagi uzish kuchi, namlik bilan ishlov berilganda, chiziqli o‘lchamlari o‘zgarishi, havo o‘tkazuvchanlik, uzilishdagi uzayish, rang barqarorligi, pillinglanish, gigroskopiklik, ishqalanishga chidamlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlari olindi. Bolalar ortopedik moslashuvchan kiyimida ahamiyatliligi yuqori bo‘lgan ko‘rsatkichlar ekspertlar so‘rovi yordamida aniqlandi.
Ahamiyatliligi yuqori bo‘lgan ko‘rsatkichlardan bolalar ortopedik moslashuvchan kiyimi ishlab chiqarishda material tanlash uchun foydalanish tavsiya etildi

How to Cite

Orziqulova Gavharxon Sultonmurod qizi, & Rasulova Mastura Kabilovna. (2024). BOLALAR ORTOPEDIK MOSLASHUVCHAN KIYIMI UCHUN QOʻLLANADIGAN MATERIALLARNING XUSUSIYATLARI TADQIQINI EKSPERT BAHOLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 7(5), 94–102. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/500
Ko'rishlar soni: 4