MAXSUS O‘ZIYURAR HARAKAT TARKIBINING ELEKTROMEXANIK JIHOZLARI ISHONCHLILIGINI BAHOLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu tadqiqot ishida maxsus o‘ziyurar harakat tarkibi, xususan,
O‘zbekiston Respublikasi temiryo‘l transportida ekspluatatsiya qilinadigan
ADM (автоматрица дизельная монтажная) turidagi texnik vositalarning
ishonchliligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar har tomonlama tahlil qilingan.
Ishonchlilikning asosiy ko‘rsatkichlari – o‘rtacha ishdan chiqish vaqti, nosozliklarsiz
ishlash ehtimoli, ishlamay qolish darajasi hamda gamma foizli ishlash muddati
atroflicha ko‘rib chiqilgan va ularni hisoblash hamda miqdoriy baholash usullari
asoslab berilgan. Tadqiqotda elektromexanik uskunalarning asinxron dvigatellar va
muftalar bilan ishlovchi tugunlarining ishdan chiqish qonuniyatlari statistik tahlil
asosida o‘rganilgan. Bu qonuniyatlar, asosan, eksponensial va normal taqsimotlar
bilan ifodalanishi aniqlangan. Taqsimot zichligini yaqinlashtiruvchi matematik
formulalar orqali ishonchlilik ko‘rsatkichlarini qayta kalibrlash imkoniyati
asoslab berilgan. Tadqiqot davomida 2019–2023-yillar oralig‘ida 174 dona
ADM turidagi avtomotrisaning texnik holatiga doir diagnostika bayonnomalari
hamda ekspluatatsiya hujjatlari asosida buzilishlar va nosozliklar tahlil qilingan.
Shuningdek, mexanik, elektr va gidravlik tizimlarining ishonchlilik ko‘rsatkichlari
baholangan, nosozliklarning asosiy sabablari aniqlangan va ularning umumiy
tizim ishonchliligiga ta’siri tahlil etilgan. Ilmiy yangilik sifatida avtomotrisalarning
ekspluatatsion holati parametrlarini hisobga oluvchi regressiya modeli ishlab
chiqilgan bo‘lib, u ishonchlilikni bashorat qilish imkonini beradi. Olingan
natijalar asosida ekspluatatsiya rejimlarini optimallashtirish va texnik xizmat
ko‘rsatish tizimini takomillashtirish orqali harakat tarkibining ishonchliligini
oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotning amaliy ahamiyati
shundan iboratki, taklif etilgan metodika mavjud statistik ma’lumotlar asosida
texnik vositalarning ishonchliligini samarali baholash, shu bilan birga, harakat
tarkibining ekspluatatsion tayyorligini oshirish va resursdan samarali foydalanishni
ta’minlashda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

How to Cite

Muxamedova Ziyoda Gafurdjanovna, Gulamova Madina Djavdatovna, & Ahmedov Sardorbek Xurmatbekovich. (2025). MAXSUS O‘ZIYURAR HARAKAT TARKIBINING ELEKTROMEXANIK JIHOZLARI ISHONCHLILIGINI BAHOLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(3), 81–95. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/603
Ko'rishlar soni: 0

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari