PAXTANI DASTLABKI ISHLASH KORXONALARIDA MAHSULOT TASHUVCHI KONVEYERLAR: TEXNOLOGIK YECHIMLAR VA AFZALLIKLAR

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Paxtani dastlabki ishlash korxonalarida paxta xomashyosidan olinadigan mahsulotlarni sifatli va raqobatbardosh ko‘rsatkichlarga ega holda ishlab chiqarish hamda yuqori ish unumdorligiga erishish, avvalambor, texnologik mashinalarning bir-biri bilan mutanosibligiga uzviy bog‘liq. Texnologik mashinalarni to‘g‘ri joylashtirish va ularga qo‘shimcha yordamchi mexanizmlar joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni nobud qilmasdan, o‘z vaqtida navbatdagi texnologik jarayonga yetkazib berish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga erishiladi. Lekin ko‘plab ishlab chiqarish korxonalarida xomashyoni bir texnologik mashinadan ikkinchi texnologik mashinaga o‘tkazishda uskunalar soni, binoning joylashishi yoki boshqa omillar sababli uzilishlar yuzaga keladi. Natijada birinchi jarayondan chiqqan xomashyo ikkinchi jarayonga yetkazib berishda qo‘l mehnatiga tayanilib, samaradorlik pasayadi. Mazkur maqolada ushbu jarayonlar paxta tozalash korxonasi misolida tahlil qilinib, uning yangi texnologik yechimlari va afzalliklari bayon etilgan

How to Cite

Raximov Fayzullo Xusanboy o‘g‘li, & Muradov Rustam Muradovich. (2025). PAXTANI DASTLABKI ISHLASH KORXONALARIDA MAHSULOT TASHUVCHI KONVEYERLAR: TEXNOLOGIK YECHIMLAR VA AFZALLIKLAR. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(1), 49–55. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/563
Ko'rishlar soni: 19

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari